Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VMQ-975, 01.12.2018 y.) tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq, yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:
• yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;
• transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida ma’lumotlar bo‘lganida;
• yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelganida;
• harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishda;
• transportdan majburiy tartibda foydalanishga to‘g‘ri kelganida;
• maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;
• transportdan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.
Boshqa asoslarga ko‘ra transportning to‘xtatilishi taqiqlanadi.
Transport hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirishda aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi