19:50 / 05.02.2019
10 645

GM Uzbekistan nomini o‘zgartiradi

GM Uzbekistan nomini o‘zgartiradi
GM Uzbekistan o‘z nomini kelgusi bir necha oy ichida o‘zgartiradi. Bu haqda Toshkentda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida xabar berilgan.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, yangi nom haqida alohida e’lon qilinadi. «O‘zavtosanoat» muqaddam General Motors’ning ulushini sotib olgani tufayli o‘z nomini o‘zgartirmoqda.

Xabar berilishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afg‘onistonga avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. O‘shanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan nomini o‘zgartiradi