
Rossiyaning “Avtostat” tadqiqot agentligi o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, “KIA Rio” rusumli avtomashina Rossiyada eng mashhur inomarka sifatida tan olindi.
Butun mamlakat miqyosida shunday modellardan 752 mingtasi uchraydi. Ikkinchi o‘rinni Koreyaning yana bir avtosi — “Hyandai Solaris”, mamlakat bozoriga kiritilgan 739 mingta mashinasi bilan egallagan. Kuchli uchlikni 737 ming avtomobili bilan “Ford Focus” yakunlab beradi.
Top o‘ntalikda, shuningdek, “Toyota Corolla”, “Renault Logan”, “Chevrolet Niva”, “Volkswagen Polo”, “Toyota Camry”, “Daewoo Nexia” hamda “ Skoda Octavia” avtomobillari ham mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar