
Oʻzbekistonda yengil avtomobillar importi hajmi 90 million dollardan oshdi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak beryapti.
Yanvar-fevral oylarida mamlakatga 90,5 mln dollarlik avtomobillar import qilindi, bu oʻtgan yilning yanvar-fevraliga nisbatan qariyb toʻrt baravar koʻp. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi.
Yuk mashinalari importi faqat 66,6%ga oshdi, qishloq xoʻjaligi mashinalari esa qariyb 8%ga kamaydi.
Chet el avtomobillari importining oʻsishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bogʻliq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil oʻtmagan boʻlsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz soligʻi qoʻllaniladi.
Shuningdek, 1 yanvardan boshlab elektrmobillar olib kirishga nol stavkali boj va nol stavkali aksiz soligʻi oʻrnatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar