20:13 / 08.06.2019
9 560

GM Uzbekistan’ning arzon modellari Chevrolet Onix va yangi Tracker bo‘lishi mumkin

GM Uzbekistan’ning arzon modellari Chevrolet Onix va yangi Tracker bo‘lishi mumkin
Foto: «Gazeta.uz»
GM Uzbekistan kompaniyasi uchta arzon (byudjet) avtomobil modeli — ikkita sedan va bitta krossoverni chiqarishga tayyorlamoqda. Bu haqda, O‘zbekiston avtomobilsozlik tarmog‘idagi manbalarga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Chevrolet Onix sedani va Tracker krossoverining yangi avlodini o‘zlashtirish kutilmoqda. Uchinchi avtomobil modeli borasida General Motors bilan muzokaralar olib borilmoqda.

«Bu hali jahonda taqdimoti o‘tkazilmagan yangi avtomobillar bo‘ladi», — deya ta’kidlagan internet-nashr manbasi. Qayd etish joiz, yangi Chevrolet Onix arzon sedani va Tracker’ning yangi avlodi 2019 yil yozida Xitoy bozorida taqdim etiladi.

Foto: «Gazeta.uz»
Avvalroq GM Uzbekistan qiymati 10 va 15 ming dollar bo‘lgan arzon avtomobillarni chiqarish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kompaniya premium sinfga oid uchta model — Chevrolet Trailblazer, Equinox va Traverse’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu uch avtomobilning bari yirik uzelli yig‘ish uslubida yig‘iladi.

Bundan tashqari, yangi arzon avtomobillar ishlab chiqarish uchun 500 million dollar evaziga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shuningdek, GM Powertrain Uzbekistan avtomobil dvigatellari zavodini modernizatsiyasi uchun 250 million dollar sarflash kutilmoqda. «Gazeta.uz» manbasining ma’lum qilishicha, bu mablag‘ ko‘p jihatdan yangi arzon avtomobillarni o‘zlashtirish uchun kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan’ning arzon modellari Chevrolet Onix va yangi Tracker bo‘lishi mumkin