5 453
UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori yangi modellar, ranglar va elektromobillar to‘g‘risida ma’lumot berdi
UzAuto Motors zavodiga uyushtirilgan press-tur chog‘ida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov prezident tanqidi masalasida izoh bergan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
R.Rajabovning aytishicha, byudjet toifasidagi to‘liq yig‘iladigan avtomobillar modellari qatorida o‘zgarish bo‘ladi. «Kobalt» o‘rniga yangi model ishlab chiqariladi va u shu yil oxirigacha taqdim etiladi.
SUV toifadagi mashinalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi, bundan tashqari, yirik tugunli yig‘ish — SKD orqali Toshkentda yig‘iladigan Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillarining ham yil so‘ngiga qadar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Kompaniya bosh direktori O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Jahonda elektromobillar sonining tobora o‘sib borayotgani tendensiyasi ko‘zga tashlanayotganini qayd etar ekan, R.Rajabov elektromobillar bozorining 60 foizi Xitoy hissasiga, qolgan qismi boshqa davlatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.
Elektromobillar ishlab chiqarishda rentabellikka erishishda dastlab akkumulyatorlar tannarxining pasayishi asosiy masala hisoblanadi. Agar shunga erishilsa, bunday avtomobillarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Lekin rivojlangan davlatlardagi texnologiyalar ham hozircha elektromobillar uchun akkumulyatorlar tannarxini arzonlashtirish imkonini bermayapti.
Rustam Rajabov kompaniyaning taxminiy narxi 1 milliard AQSh dollari atrofida ekanligiga ham urg‘u bergan.
Press tur davomida kompaniya ishlab chiqarayotgan avtomobillarni bo‘yashda yangicha ranglardan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingan. Eksklyuziv buyurtma qilinadigan avtomobillar uchun GK2 — jilosiz qora rangdan foydalaniladi. Shuningdek, GBO — ho‘l asfaltrangning yangi jilosi, GAN — to‘q feruza rang, GD8 — qora tuslardan ham foydalaniladi.
Yangi ranglar sentyabr oyi oxiridan boshlab avtomobillarga sepiladi va to‘rtinchi chorakdan boshlab mijozlarga yetkaziladi. Alohida ta’kidlanishicha, ushbu ranglar GM kompaniyasi bilan aloqador zavodlar ichida faqat O‘zbekistonda joriy etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi