18:38 / 26.08.2019
8 307

Ravon avtomashinalari uchun belgilangan yangi narxlar rossiyaliklarni hayron qoldirdi.

Ravon avtomashinalari uchun belgilangan yangi narxlar rossiyaliklarni hayron qoldirdi.
Avval xabar berganimizdek, UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi.
Sotuvlar 25 avgustdan boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlardan yangi narxlar ko‘pchilikni ajablantirganini payqash mumkin.

Jumladan, bir yil avval Rossiyada 439 ming rubl boshlang‘ich narx bilan eng arzon xorijiy avtomobil bo‘lgan Ravon R2 endi 646 ming rubl baholanmoqda. 449 ming rubl turgan Ravon R3 Nexia uchun 670 ming rubl narx belgilangan.

O‘tgan yilning kuzida Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari Ravon uchun eng ustuvor afzallik narx arzonligida ekanligini bildirgandi. Endi kompaniya bu jihat bilan maqtana olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon avtomashinalari uchun belgilangan yangi narxlar rossiyaliklarni hayron qoldirdi.