Foto: «sovavto»
«UzAuto Motors» AJ 2019 yilning 1 oktyabridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangani haqida ma’lum qildi.
Foto: «UzAuto Motors»
«Mazkur o‘zgarish o‘z navbatida xaridorlar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda xaridorlar avval Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak bo‘ladi. Shu bilan xaridorlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz majburiy yig‘im olinmasligi ma’lum qilingan.
Aytish joizki, «UzAuto Motors» AJ 1 oktyabrdan e’tiboran QQS to‘lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilgan hamda avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirilgan.
«Hurmatli xaridorlar! Sizdan avtomobil xaridi chog‘ida dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinishi hamda avtomobillaringiz shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ma’lum qilamiz», deyiladi «UzAuto Motors» AJ xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi