13:00 / 26.09.2019
4 352

Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi

Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019-yil 27-29-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish boʻyicha Amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Rejaga koʻra, “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida Hebei Cape of Good Hope Logistic Development Corporation kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish moʻljallangan.

Xususan, Hebei Cape of Good Hope Logistic Development Corporation:
- yuqori sifatli meʼmoriy oynalar (3-12 mm);
- yoʻlovchi va yuk tashuvchi elektromobillar (pikaplar), bunda keyingi ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni 50 %ga yetkazish;
- velosipedlar ishlab chiqarish, bunda ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni 50 %ga yetkazish;
- elektrotexnika mahsulotlari (elektr dvigatellar, nasoslar, elektr tortish moslamalari, kichik biznes uchun metall/yogʻochni qayta ishlash uskunalari), fotoelektr modullar ishlab chiqarish, logistika markazi tashkil etish bilan shugʻullanadi.

Shuningdek, rangli metallarni yuqori aniqlik bilan quyish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar (mebel va avtomobilsozlik uchun furnitura, aksessuarlar) tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Barcha loyihalarni amalga oshirish boʻyicha soʻnggi muddat 2021-yilning yanvar oyi etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi