
Videobloger Erik Davidich o‘zining «smotraTV» YouTube kanalida Toshkentda suratga olingan premium-klassdagi Mercedes AMG GT 63 S avtomobili videosharhini namoyish etdi.
26 daqiqalik videoda bloger avtomobilning o‘ziga xos jihatlari bilan birga O‘zbekistonning bugungi kuni va taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi.
Erik Davidich sentyabr oyida blogerlar Guseyn Gasanov va Alan Yenileyev hamrohligida O‘zbekistonga kelgan edi.
Rossiyalik avtobloger O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi prezidenti Otabek Umarovga minnatdorlik bildirib, Instagram sahifasida yozgandi:
"Davidich, sen O‘zbekistondan hech narsani topolmaysan, deyishgandi. Lekin bir inson men o‘ylagandan ortig‘ini topishga yordam berdi. Otabek, rahmat, biz juda zo‘r video olishga harakat qilamiz! Do‘stlar, tanlang! Maybach 900 yoki Mercedes AMG GT".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar