6 286
Yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish tartibi belgilandi
Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.
Bunda transport vositasi egasining talabi bilan sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta polisida qarindoshlik darajasi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, qaror bilan sug‘urta polisi blankasining yangilangan shakli tasdiqlandi.
Qaror bilan Yo‘l harakati qoidalariga (kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, DYHXX organlari tomonidan sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlardan transport vositasini boshqarishi haqida ishonchnoma hamda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi