18:28 / 12.03.2020
5 680

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi?

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi?
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil oldi-sotdi shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagan, ya’ni 100% to‘lovni amalga oshirmagan yuridik hamda 85% oldindan to‘lovni to‘liq taqdim etmagan jismoniy shaxslarning shartnomasini bekor qilmaslik uchun choralar ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tomonidan xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, agarda ijobiy qaror qabul qilinsa, avvaldan shartnomasi mavjud bo‘lgan xaridorlarga avtomobil eski narxda yetkazib beriladi.

«Hurmatli xaridorlar!
Shu kunlarda UzAuto Motors kompaniyasiga avtomobil oldi-sotdi shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagani uchun shartnomalari bekor qilingan, ya’ni 100% to‘lovni bajarmagan yuridik hamda 85% oldindan to‘lovni to‘liq taqdim etmagan jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tusha boshladi.

Narxlarning so‘ngi o‘zgarishi hamda xaridorlarning sharoitini inobatga olgan holda, UzAuto Motors kompaniyasi kuzatuv kengashi tomonidan ushbu muammoni hal qilish, xususan xaridor tomonidan shartnoma shartlari buzilganiga qaramay uni bekor qilmaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, shartnoma bo‘yicha to‘liq hajmda to‘lov amalga oshirmagan xaridorlarga avtomobil shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha yetkazib beriladi.

Shuningdek UzAuto Motors barcha xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin shartnomaning barcha shartlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va ularga qat’iy rioya qilishni so‘raydi. Bizni to‘g‘ri tushunishingizdan umidvormiz», — deyiladi murojaatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi?