Kia Telluride / Photo: Getty Images
World Car of the Year-2020 (Yilning jahon avtomobili 2020) tanlovi g‘olibi e’lon qilindi. Shuningdek, tanlovning yil sportkari, eng yaxshi dizayn va premial avtomobil yo‘nalishlaridagi g‘oliblari aniqlandi.
Mutaxassislar World Car of the Year-2020 tanloviga yakun yasashdi. Tanlovning bosh mukofotini 2019 yil boshida chiqarilgan Kia Telluride krossoveri qo‘lga kiritdi. Unga Mazda CX-30 va Mazda3 modellari raqobatchilik qilgan.
“Yil shahar avtomobili” yo‘nalishida Kia Soul EV elektrokari g‘olib bo‘lgan, eng yaxshi dizayn uchun mukofot Mazda3’ga topshirilgan.
Porsche Taycan birvarakay ikkita – “Yil sportkari” va “Yil premial avtomobili” yo‘nalishlarida g‘olib deb topilgan.
Tanlov g‘oliblari 10 aprelda boshlanishi kerak bo‘lgan Nyu-York avtosalonida e’lon qilinishi kerak edi, biroq avtomobil ko‘rgazmasi koronavirus pandemiyasi sababli avgust oxiriga qoldirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi