18:24 / 27.04.2020
3 430

AQSHda mexanik uzatmalar qutisiga ega avtomobillarga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi

AQSHda mexanik uzatmalar qutisiga ega avtomobillarga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi
Foto: Motor
AQSHda sotilayotgan yangi avtomobillar statistikasiga ko‘ra, mexanik uzatmalar qutisiga ega modellar sekin-asta o‘tmishga aylanmoqda, deb xabar beradi Motor.

CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yilda AQSH bozorlaridagi 47 foiz avtomobillar mexanik uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan bo‘lsa, oradan 10 yil o‘tib, ularning ko‘rsatkichi 27 foizga tushib ketgan. Porsche yoki BMW kabi brendlar ayrim turdagi xaridorlari uchun hamon mexanik uzatmalar qutisidan foydalanayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar uchta tepkili avtomobillarga bo‘lgan talabning keskin kamaygani sabab bundan voz kechgan.

2020 yilda AQSHda sotilayotgan avtomobillarning 12 foizini mexanik uzatmalar qutisiga ega modellar tashkil etgan — bu 327 ta yangi modelning 41 donasi demak. Bunga oldinlar samarasiz va tez harakatga kelmaydi deya hisoblangan avtomat uzatmalar qutisining bugungi kunda avtomobilning yanada tezroq harakatlanishi va yoqilg‘i sarfini kamaytirish yo‘lida ancha «aqlli»ga aylangani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Hozirda avtomat uzatmalar qutisi ko‘plab haydovchilar uchun juda qulay hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda mexanik uzatmalar qutisiga ega avtomobillarga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi