10:05 / 09.05.2020
3 213

Avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagani tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish taklif etildi

Avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagani tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish taklif etildi
Avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish taklif etildi.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda DYHXX xodimlari bilan haydovchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortib ketmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi lavhalardan ko‘rsa ham bo‘ladi.

Buning asosiy sabablaridan biri bu avtomashina sug‘urtasining yo‘qligi yoki vaqti o‘tib ketganligi bo‘lmoqda. Sug‘urta yo‘q yoki vaqti o‘tib ketgan bo‘lsa, mashina jarima maydoniga qo‘yilmoqda. Endi savol tug‘iladi, bundan kimga va nima foyda? O‘sha holatni joyida bayonnoma tuzib, haydovchining yashash manziliga yuborsa nima o‘zgaradi?

Buning oqibatida haydovchining vaqti ketmoqda, DYHXX xodimi bilan tortishuv va janjallar yuzaga kelmoqda. Dam olish kunlari bo‘lsa, mashina 2-3 kunlab jarima maydonida qolib ketyapti. Andijon yoki Surxondaryodan Toshkentga kelgan mashinaning sug‘urtasi o‘tib ketgan bo‘lsa, u mashinasini yarim tunda bo‘ladimi, cho‘lni o‘rtasida bo‘ladimi, farqi yo‘q - jarima maydoniga qo‘yishi kerak. Haydovchi oilasi bilan bo‘lsa yoki yo‘lovchisi bo‘lsa, ular qayerda qoladi bu bilan hech kimning ishi yo‘q. Bundan nima mano, nima mazmun bor?

Mashina texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa ham jarima maydoniga qo‘yish kerak. Texnik ko‘rikdan o‘tmagan mashina yo‘lga chiqishi xavfli desak, odam urib ketayotgan zavoddan yangi chiqqan mashina texnik soz, uning ichidagi haydovchi nosoz desak to‘g‘ri bo‘ladi. Haydovchilar qancha jarima bo‘lsa ham to‘lashga rozi, faqat shu to‘lovni osonroq qilib beringlar. Mening taklifim shuki, mashinaning sug‘urtasi bo‘lmasa yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lsa, mashinani jarima maydoniga qo‘ymasdan jarimani yashash manzili bo‘yicha yuborish kerak
”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish taklif etilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagani tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish taklif etildi