
Bugun butun dunyoda epidemiologik vaziyat avj olgan bir paytda tibbiyot muassasalarining tez yordam avtomobillariga bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshdi.
Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi.
Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.
Damas avtomobili negizida ushbu maxsus transport vositasini ishlab chiqarish UzAuto Motors tomonidan 1996 yildan beri yo‘lga qo‘yilgan. Tez yordam mashinalari tibbiy xodimlar hamrohligida bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar