12:30 / 22.06.2020
3 231

Rossiyada «Gelendvagen» nusxasi originalidan to‘qqiz barobar arzon narxda sotuvga qo‘yildi

Rossiyada «Gelendvagen» nusxasi originalidan to‘qqiz barobar arzon narxda sotuvga qo‘yildi
Foto: Avito
Rossiyada Mercedes-Benz G 63 6x6 AMG modelining mustaqil yaratilgan nusxasi sotuvda paydo bo‘ldi. Olti g‘ildirakli yo‘ltanlamas 2002 yili ishlab chiqarilgan oddiy G 500 bazasida yaratilgan, biroq tashqi ko‘rinishida originali bilan o‘xshashlik deyarli 100 foizga teng: muhandislar proporsiyani taqsimlagan holda haqiqiy 6x6 ga xos tashqi elementlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, mazkur olti g‘ildirakli «Gelendvagen» texnik jihatdan originalidan farq qilmaydi: yo‘ltanlamasning bloklovchi barcha qismlari ishlaydi, kompressori, «resiver» va g‘ildiraklarni avtomatik ravishda shishirish mexanizmlari bor. Qayta ishlov berilgan avtomobil ro‘yxatga olingan, konstruksiyasidagi o‘zgarishlar esa YHXBB tomonidan qayd etilgan.

Foto: Avito
G 63 6x6 AMGning muqobili portal ko‘priklar ustiga qurilgan bo‘lsa-da, uning harakatini ta’minlaydigan elementlar original emas. Chunki LeTech portal ko‘priklari bir necha million rubl turadi. Asos qilib 2002 yilgi G-Class olingani sabab yo‘ltanlamasning saloni eski, kapoti ostidan esa 296 ot kuchiga ega V8 o‘rin olgan.

Foto: Avito
Olti g‘ildirakli Mercedes’ning tataristonlik egasi alohida buyurtmaga asosan G 63 6x6 AMG yoki G 500 4X4 yaratishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, oddiy G-Class’ni olti g‘ildirakli yo‘ltanlamasga aylantirish loyihasi to‘rt oy davom etgan. Yana 1-2 oy uning intererini jihozlashga ketadi. Tayyor avtomobilga bir yil kafolat beriladi. Yo‘ltanlamas buyurtmachisining xohishiga qarab uni B toifaga kiruvchi yengil avtomobil yoki C toifaga kiruvchi yuk avtomobili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Foto: Avito
Namoyish etilgan olti g‘ildirakli G-Class 7,5 million rublga (105 ming dollar) sotilmoqda. Bu original G 63 6x6 AMGdan taxminan to‘qqiz barobarga arzon.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada «Gelendvagen» nusxasi originalidan to‘qqiz barobar arzon narxda sotuvga qo‘yildi