Genius Garagi ustaxonasi dizayneri va avtomobil muhandisi Keysi Putch boshchiligidagi amerikalik talabalar qayta ishlanadigan materiallardan qo‘lda yig‘ilgan Omega Car nomli konseptkarni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.
Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kapotida 1 soni shaklidagi teshikka ega g‘alati sportkar bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, aerodinamik ko‘rsatkichlari yuqori, tayyorlash arzonga tushadi va tejamkor. Putch o‘zining maqsadi 100 kilometr yo‘lga 2,35 litr yoqilg‘i sarfiga erishish ekanligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, muhandislar Volkswagen Beetle’ga tegishli ikki litrli TDI dizel dvigatelini takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng, mashina soatiga 60 mil tezlikka (97 km/soat) to‘rt soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Agarda bu amalga oshsa, konsept rasman Putchga tegishli 1997 yilda yaratilgan 450 ot kuchiga ega V10 dvigateli o‘rnatilgan Dodge Viper’dan tezkorroq mashinaga aylanadi.
Sinov jarayonlari yakunlangach, jamoa dvigatelni ekologikligini oshirish va atrof-muhitga chiqadigan karbonat angidrid gazining miqdorini kamaytirish niyatida. Shundan keyin Omega Car’ning mustahkamligini sinash maqsadida u AQSH bo‘ylab sayohatga otlanadi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”