06:00 / 13.07.2020
2 008

Nyurburgring trassasi rekordchisi Gumpert Apollo yana sotuvga qo‘yildi

Nyurburgring trassasi rekordchisi Gumpert Apollo yana sotuvga qo‘yildi
Foto: Motor
Germaniyadagi Springbok Sportwagen GmbH dileri yana bir bor noyob Gumpert Apollo superkarini sotuvga qo‘ydi. 2009 yilgi Jeneva avtosaloni uchun yaratilgan aynan ushbu avtomobil Nyurburgring trassasida 7,11 daqiqa ko‘rsatkich bilan rekord o‘rnatgan edi, deb xabar beradi Motor.

Gumpert Apollo’ning sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risidagi e’lon 2018 yilning mayida paydo bo‘lgandi. O‘sha vaqtda o‘rta motorli superkar 333 ming yevroga baholangan. Xaridor topilmagani sabab bu safar model 299 ming yevro evaziga sotuvga qo‘yilgan. Buncha mablag‘ evaziga xaridor nafaqat o‘zining ajoyib tarixiga ega avtomobilni, balki 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erishishga qodir tezkor kupeni qo‘lga kiritadi.

Foto: Motor
Mashina 700 ot kuchi va 850 Nm aylanuvchi momentga ega 4,2 litrli ikkita Audi V8 turbokompressori yordamida harakatga keladi. Gumpert Apollo’ning soatiga 200 kilometr tezlikka erishishi uchun 9,1 soniya kifoya. Maksimal tezligi esa 360 km/soatga teng.

Gumpert kompaniyasiga Audi Spot’ning sobiq rahbari Roland Gumpert tomonidan asos solingan bo‘lib, 2012 yilda o‘z faoliyatini yakunlagan. Oradan ikki yil o‘tib, uning qoldiq aktivlarini Gonkongdagi Ideal Team Venture investitsiya kompaniyasi sotib olgan. Yangi firmaga Apollo Automobil nomi berilgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Nyurburgring trassasi rekordchisi Gumpert Apollo yana sotuvga qo‘yildi