22:30 / 20.07.2020
3 576

Aurus’ning xitoycha muqobili raqibidan uch barobarga arzon narxda sotuvga chiqdi

Aurus’ning xitoycha muqobili raqibidan uch barobarga arzon narxda sotuvga chiqdi
Foto: Autohome
Xitoyning Hongqi markasi H9 flagman sedanining prays-listini e’lon qildi. Hashamatli to‘rt eshikli Hongqi narxi 330 ming yuanni (47 ming dollar) tashkil etmoqda — bu Mercedes-Benz E-Class’dan uch barobarga arzonroq, deb xabar beradi Motor.

Xitoyning Hongqi kompaniyasiga tegishli H9 modeli Rossiyaning Aurus’iga tegishli Senat sedani bilan qiyoslanmoqda. H9 — Hongqi lineykasidagi eng qimmat va hashamatli model hisoblanadi. Mazkur modelni nafaqat davlat muassasalariga, balki badavlat mijozlarga ham sotish rejalashtirilgan.

Hongqi markasi — FAW davlat konserniga tegishli bo‘lib, 1958 yildan buyon Xitoy elitasi uchun avtomobillar ishlab chiqarib keladi.

Foto: Autohome
O‘lchamlari bo‘yicha Hongqi H9 Aurus Senat’dan ortda qoladi: uning uzunligi— 5137 millimetr, g‘ildiraklar bazasi — 3060 millimetrga teng. Aurus’da esa ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 5630 va 3300 millimetrni tashkil etadi.

Hongqi’ning top-versiyasi elektr boshqariluvchi o‘rindiqlarga, istish va ventilyatsiya tizimiga ega to‘rt o‘rinli hisoblanadi. Yo‘lovchilar uchun alohida planshetlar mavjud, haydovchining qarshisidan esa 12,3 dyuymli virtual qurilmalar uchun displey va xuddi shu o‘lchamdagi tachskrin multimediatizimi o‘rin olgan.

Foto: Autohome

Foto: Autohome
Salon tabiiy yog‘osh va dubdan ishlangan, charm va metallar bilan qoplangan.
Hongqi H9 252 ot kuchi va 380 Nm aylanuvchi momentga ega 2,0 litrli «turboto‘rtlik» va 48 voltli startyor-generator yordamida harakatga keladi.

Foto: Autohome

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Aurus’ning xitoycha muqobili raqibidan uch barobarga arzon narxda sotuvga chiqdi