08:46 / 23.07.2020
3 815

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 916 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 467,6 mln dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 239,1 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 759,8 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 282,2 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 310,9 mln dollarga tushgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma’lum bo‘ldi