Foto: «Auto.ru»
«Auto.ru» saytida V8 dvigateli o‘rnatilgan noyob «GAZ-24-34» sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Modelning mazkur versiyasi 244 nusxada yaratilgan bo‘lib, o‘z davrida sovet maxsus xizmatlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Sotuvchi 28 yillik «Volga» uchun 2,3 million rubl (32,2 ming dollar) so‘ramoqda.
Uzoq yillar davomida isitilgan garajda saqlangan kul rang sedan yaxshi holatda — u hozirga qadar 57 ming kilometr yo‘l bosgan. «KGB quvlagichi» nomini olgan modelga 195 ot kuchiga ega 5,5 litrli V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.
Bu turdagi «Volga»larni yig‘ish uchun maxsus sex jihozlangan. Avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan oddiy versiyalardan farq qilmagan. U ataydan ko‘zga tashlanmaydigan rangga bo‘yalgan.
Foto: «Auto.ru»
Ammo bu kabi avtomobillar seriyali versiyadan tezkor, kuchliroq va takomillashgan bo‘lgan. Ayrim nusxalarga «GAZ-3102»ning old tormoz diskalari o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi