Yangi Volga modellari toʻliq mahalliylashtirilgan menyu va zamonaviy tizimga ega boʻldi

Yangi Volga modellari toʻliq mahalliylashtirilgan menyu va zamonaviy tizimga ega boʻldi

Qayta tiklangan Volga brendining yangi avtomobillari asboblar paneli va multimedia tizimi uchun toʻliq rus tilidagi interfeysga ega boʻldi. Volgalla kanali tomonidan eʼlon qilingan videolavhalarda tizim yoqilganda chiroyli animatsiya hamda menyuning silliq va yoqimli ishlashi namoyish etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, avtomobillarning rasmiy savdosi 19-iyun kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda Volga modellari 25–30 ta dilerlik markazlarida sotuvga chiqadi, keyinchalik esa tarmoqni 130 ta nuqtaga qadar kengaytirish koʻzda tutilgan. Hozirda ishlab chiqarilgan birinchi partiyadagi 1500 ga yaqin avtomobil dilerlarga joʻnatilgan.

Yangi Volga liniyasi uchta modelni oʻz ichiga oladi: C50 sedani (2 899 000 rubldan), K40 krossoveri (2 749 000 rubldan) va flagman sanalgan K50 krossoveri (4 199 000 rubldan). Ishlab chiqaruvchi xavfsizlik texnologiyalari va 12 ta dinamikli yuqori sifatli akustik tizim orqali yaratiladigan qulay muhitga alohida urgʻu bermoqda.

Avtomobillar elektron haydovchi yordamchilari, uqalash funksiyasi, oʻrindiqlar xotirasi, ventilyatsiya va ikkinchi qator suyanchigʻini elektr yordamida sozlash kabi funksiyalar bilan jihozlangan. Kelajakda Volga brendi mahalliylashtirishga 60 milliard rubldan ortiq sarmoya kiritib, avtomobillarni oʻz dvigatellari va avtomat uzatmalar qutisi bilan taʼminlashni maqsad qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar