Foto: Motor
Floridada uyidagi printerida soxta cheklar chop etish bilan shug‘ullangan Uilyam Kelli ismli shaxs qo‘lga olindi. Erkak shu orqali 140 ming dollarlik Porsche 911 Turbo’ni xarid qilishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ertasi kuni 61,5 ming dollar evaziga uch juft Rolex soatlarini xarid qilayotganida qo‘lga tushgan. Soxta chekdan xabar topgan sotuvchi erkakni politsiyaga topshirgan, deb xabar beradi Motor.
Mahalliy OAV yangi xarid qilingan Porsche 911 Turbo qarshidagi Keysi Uilyam Kellining suratini e’lon qilgan. Aftidan surat sotuvchi hali 140 ming dollarlik chek soxta ekanligini tushunib yetmagan vaqtida — dilerlik salonida olingan. Firibgarlik ayon bo‘lgach, diler mashina o‘g‘irlab ketilgani to‘g‘risida ariza bergan.
Bu Kelliga ushbu ishni yana bir bor amalga oshirishida to‘sqinlik qilmagan. Endigi safar u zargarlik do‘konidan uch juft Rolex soatlarini xarid qilmoqchi bo‘lgan. Xuddi Porsche’dagi kabi bu safar ham u sotuvchiga printerda chop etilgan chekni bergan.
Biroq ertasi kuni politsiya Kellini qo‘lga olgan — u Porsche 911 Turbo’ni o‘g‘irlab ketish va soxta cheklardan foydalanishda ayblangan. Erkak qilgan ishidan pushaymon va sudni kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi