17:00 / 18.08.2020
4 799

Mercedes-AMG G63 o‘q o‘tkazmaydigan limuzinga aylantirildi (video)

Mercedes-AMG G63 o‘q o‘tkazmaydigan limuzinga aylantirildi (video)
Foto: CARakoom
Kanadaning Inkas kompaniyasi 25 yildan buyon hashamatli avtomobillarni zirhlash bilan shug‘ullanib keladi. Bu safar kompaniya yangi Mercedes-AMG G63 bazasida yaratilgan yangi loyiha bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi CARakoom.

Nemis yo‘ltanlamasining kuzovi nafaqat yashirin zirhga ega bo‘lgan, balki sezilarli darajada uzaytirilgan. Uning uzunligi 6186 millimetrga, g‘ildiraklar bazasi esa — 4374 millimetrga yetgan. Avtomobil Mercedes-AMG G63 VIP Limo nomini olgan.

Mashina kapoti ostidan 577 ot kuchi va 850 Nm aylanuvchi momentga ega standart 4,0 litrli ikkitalik V8 turbopuflagich o‘rin olgan. U olti pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: CARakoom
Biroq asosiy o‘zgarishga avtomobil intereri uchragan. Limuzin yuqori qulaylikka ega. Mashinaga o‘tirgan inson unga 7,62 millimetrli quroldan o‘q uzilayotgan bo‘lsa-da, salon ichida tabiiy charmdan bahra olib o‘tirishi mumkin. Kuzovning pastki qismi qo‘l granatasidan ham himoyaga ega. Haydovchi o‘rindig‘i VIP salondan to‘siq bilan ajratilgan. Orqa qismida esa «kapitan o‘rindig‘i» va Apple TV’ga obuna 4K sifatli televizor joylashgan.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom[sup][/sup]
Xaridorlar bu turdagi limuzin narxini maxsus so‘rov yuborish orqali bilib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Inkas atelesi yangilangan Infiniti QX80’ning o‘q o‘tmaydigan versiyasini taqdim etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mercedes-AMG G63 o‘q o‘tkazmaydigan limuzinga aylantirildi (video)