3 461
«Forsaj»ning hali ekran yuzini ko‘rmagan qismida suratga tushgan Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yildi
Foto: eBay
eBay onlayn maydonchasida «yangi avtomobil holatiga qadar» restavratsiya qilingan 1971 yilgi Ford Mustang Mach 1 sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. E’lon muallifining ta’kidlashicha, mazkur nusxa «Xobbs va Shou» hamda hali ekranlarga chiqmagan «Forsaj-9» filmlarida suratga tushgan. Mashina 75 ming dollarga baholanmoqda, biroq savdolar hozircha yakunlangani yo‘q va uning narxi ko‘tarilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.
E’londan bilish mumkinki, Ford Mustang Mach 1 yaqinda restavratsiyadan chiqqan (ta’mirdan buyon 2,5 ming kilometr yo‘l bosgan). Ta’kidlash kerakki, mashinani qayta tiklashda faqat original detallardan foydalanilgan. Maslkar uchun Drag Pack paketi taklif etilgan, avtomobilni 335 ot kuchiga ega 7,0 litrli Cobra Jet dvigateli harakatga keltiradi.
Foto: eBay
Mashina kuzovi tillarang Light Pewter bilan bo‘yalgan, yon qismida qora chiziqlar mavjud, saloni esa qora va qizil rangli charm bilan qoplangan.
Gollivud blokbasterlariga keladigan bo‘lsak, suratga olish maydonchasida Ford Mustang Mach 1 statik rol ijro etgan, ya’ni tryuklar va avtomobil poygalarida qatnashmagan. Savdolar yakunlanishiga bir sutkadan ko‘proq vaqt qoldi.
Foto: eBay
Foto: eBay
Avvalroq «Forsaj»ning marhum yulduziga tegishli BMW yangi M8 Competition narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi