21:46 / 09.09.2020
7 872

«UzAuto Motors» puli to‘langan zahoti olib ketish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi

«UzAuto Motors» puli to‘langan zahoti olib ketish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi
«UzAuto Motors» kompaniyasi barcha dilerlik tarmoqlarida shu zahotiyoq kontrakt tuzish va taqdim etishga tayyor avtomobillar sotuvda mavjudligini ma’lum qildi.

Kompaniya saytida berilgan xabarda aytilishicha, Spark AT, Nexia AT, Tracker MT/AT, Trailblazer va Malibu Turbo 2.0 rusumidagi avtomobillarni xarid qilinishi bilan olib ketish mumkin.

“Xaridorlar uchun ma’lumot: dilerlik korxonalaridagi mavjud avtomobillar soni ish kuni davomida amalda sotilgan avtomobillar soniga qarab o‘zgarishi mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 19 avgust kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi tomonidan «UzAuto Motors» AJga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgandi.​

Unga asosan, «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar narxini shakllantirishda tovar narxiga xom ashyo va materiallarga, yoqilg‘i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish orqali monopol yuqori narx qo‘llayotgani aniqlangan. Endilikda kompaniya avtomobil narxlarini tushirib, eng yaqin o‘tgan vaqtda sotilgan mashinalar uchun kompensatsiya to‘lab berishga majbur bo‘lgandi.

Kompaniya esa «avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz»ligini bildirib, bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqaligi tufayli ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishini so‘rab iltimosnoma yo‘llagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» puli to‘langan zahoti olib ketish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi