«UzAvto Motors» AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.
Sud shu yilning 2 oktabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqidagi shikoyat arizasi ko‘rib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi qarorida «UzAvto Motors» AJdan yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi.
«Ko‘ramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkin. Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasinda ishqilib», — deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi