Foto: Instagram / GM Design
Internetda yangi sirli Cadillac’ning eskizlari paydo bo‘ldi. Suratlar GM Design’ning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan, deb xabar beradi Motor.
Eskizlarda haybatli dizaynga ega ulkan Cadillac yo‘ltanlamasini ko‘rish mumkin. Unda firmaning uslubiga xos chizgilari tasvirlangan. Avtomobil keng o‘lchamli radiator panjarasiga ega bo‘lib, uning o‘rtasidan logotip o‘rin olgan.
Yo‘ltanlamasning «yuzi» keng bo‘lib, massiv arka va g‘ildiraklarga ega, biroq old oynasi ingichka. Eskizni Cadillac dizayneri Endryu Makmillan chizgan. Taxminlarga ko‘ra, bu markaning bo‘lajak elektrokrossoveriga aylanadi. Hozircha bu borada rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq Cadillac XT4 subkompakt krossoveri Xitoyda bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ladigan yangilanishni amalga oshirishi, ular qatorida Face ID tizimi ham bor bo‘lib, bu orqali avtomobil o‘z egasini yuzidan taniy olishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi