O‘zbekiston militsionerlari qanday holatlarda avtomobil raqamini yechib olishi mumkin?

O‘zbekiston militsionerlari qanday holatlarda avtomobil raqamini yechib olishi mumkin?
O‘zbekiston milisionerlari qanday holatlarda avtomobil raqamini echib olishi mumkin?

O‘zbekistonda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) xodimlari haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi qoidabuzarliklarga qarshi kurash doirasida avtomobillarning davlat raqamlarini yechib ketish holatlari kuzatiladi. Ushbu masalada Norma.uz xizmati tushuntirish berdi.

“Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari qanday holatlarda transport vositalarining davlat raqam belgilarini yechib olish huquqiga ega? Men keksa mijozni aeroportga yetkazib qo‘ydim, unga yordam berib, yuklarini o‘tish joyigacha tashib bergunimcha, “gaishniklar” mashinamning raqamini yechib olishibdi – u yerda “To‘xtash taqiqlangan” belgisi turgandi. Lekin men avtomobil dvigatelini o‘chirmagandim, bor-yo‘g‘i bir necha daqiqaga mashinada bo‘lmagandim, xolos”, – deya savol yo‘llagan Norma o‘quvchisi.

“Ushbu holatda YHXBB xodimlarining harakati qonunga zid”, – deydi Norma.uz eksperti.


Ekspertning aytishicha, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Transport vositalaridan davlat raqam belgilarini yechib olish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra texnik ko‘rik davomida YHXBB organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek, texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlantirilgan transport vositalaridan davlat raqam belgilari yechib olinishi mumkin.

“Nizomga asosan, YHXBB xodimlari ushbu avtotransport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan holatlardagina avtotransport vositasidan davlat raqam belgilarini yechib olishlari mumkin”, – deydi Norma.uz eksperti.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar