22:23 / 26.11.2020
3 435

Bruney sultonining «ko‘p ko‘zli» superkari 750 ming dollar narxda sotuvga qo‘yildi (Foto)

Bruney sultonining «ko‘p ko‘zli» superkari 750 ming dollar narxda sotuvga qo‘yildi (Foto)
Foto: Curated
Noyob avtomobillarni sotishga ixtisoslashgan Curated firmasi yoz oyida Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxga tegishli Cizeta V16T superkarini sotuvga qo‘ygandi. Diler avtomobil narxini sir saqlab, uni faqat mijozlarga oshkor qilishga va’da bergan. Business Insider nashrining yozishicha, gap 750 ming dollar haqida ketmoqda.

Sultonga tegishli bo‘lgan Cizeta 101 shassisida yaratilgan bo‘lib, 1993 yili Jeneva avtosalonida taqdim etilgan. Avtomobil deyarli yurmagan: u matbuot va reklama tadbirlarida ishtirok etgan. 27 yoshli kupe hozirga qadar 983 kilometr yo‘l bosgan.

Foto: Curated

Foto: Curated
Birinchi Cizeta V16T 1998 yilda taqdim etilgan. Avtomobil Lamborghini sobiq muhandisi Klaudio Zampolli, prodyuser Jorjio Morodera va dizayner Marchello Gandini hamkorligida yaratilgan. Dastlab Cizeta’ni Lamborghini Diablo’ga o‘xshab yaratish rejalashtirilgan, biroq natijada ushbu fikrdan qaytilgan.

Foto: Curated

Foto: Curated
Cizeta V16T’ga 540 ot kuchiga ega 6,0 litrli V16 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘rt soniyadan kamroq vaqt ichida soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Dvigatel besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Maksimal tezligi — 328 km/soat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Bruney sultonining «ko‘p ko‘zli» superkari 750 ming dollar narxda sotuvga qo‘yildi (Foto)