13:09 / 05.12.2020
4 966

2020 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi

2020 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
«Land Rover Defender».
Foto: «Kolesa.ru»

Nufuzli «Top Gear» avtojurnali 2020 yilning eng yaxshi avtomashinasini aniqladi. Bu — «Land Rover Defender» yo‘ltanlamasi.

Qulay va chidamli
«Top Gear» ekspertlari avvalo bu avtomobilni boshqarish juda qulayligi hamda uning chidamliligini yuqori baholashdi: ta’kidlanishicha, hali bunaqa zo‘r yo‘ltanlamasni sinab ko‘rishmagan ekan!

«Land Rover Defender», shuningdek, «Tutib bo‘lmas kuch» nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Mashina nimalarga qodirligini isbotlash uchun uning buksir halqasiga bir yo‘la uchta mashina bog‘landi. Bu yuklanishga dosh bergan avtomobil o‘zining D7x alyuminiy platformasi naqadar pishiqligini isbotladi. Darvoqe, «Land Rover Defender» chiqarilganidan beri 30 dan ortiq nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan: «Top Gear», «Motor Trend», «Autocar», «Parker's» kabilar.

«Land Rover Defender» 2019 yilning kuzida taqdim etilgandi. Yangi komplektatsiyasida avtomobil 900 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi, mashina tomi 300 kilogrammgacha yuklanishga chidaydi, tortish kuchi 3720 kilogrammgacha.

Ekspertlar fikricha, yangi «Defender» quruqlikdagi sayohatlar uchun 4x4 toifasiga kiruvchi eng yaxshi mashina.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2020 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi