10:32 / 15.12.2020
2 966

O‘zbekistonda «tonirovka» uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda «tonirovka» uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini onlayn ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnomani onlayn tarzda berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi. Qarorga ko‘ra:
  • 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish faqat onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi;
  • «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:
  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;
  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini;
  • ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali joriy etilishini;
  • davlat xizmatini ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.

Qarorda keltirilishicha, avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Qayd etilishicha, ruxsatnoma bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Ruxsatnoma ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir yildan ko‘p muddatga ham berilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda «tonirovka» uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin bo‘ladi