07:00 / 19.12.2020
3 158

«Adolat qaror topdimi yoki monopoliya?» – «UzAuto Motors» foydasiga chiqqan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

«Adolat qaror topdimi yoki monopoliya?» – «UzAuto Motors» foydasiga chiqqan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning «UzAvto Motors» AJga yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasini yuklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan monopol («UzAvto Motors») korxona unda yutib chiqqanidan xabaringiz bor. Shuningdek, qo‘mita Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat bergani ham ma’lum qilingandi.

Bugun mazkur ish bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining qarori e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Gapning po‘stkallasi shuki, apellatsiya instansiyasi birinchi bosqich sudining 2020 yil 30 oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimini o‘zgarishsiz, qo‘mita keltirgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, sudlov hay’ati taraflarga nima sababdan ushbu xulosaga kelganligi, qarorga nisbatan shikoyat berish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar bergan.

Demak, sudning mazkur qarori ustidan shikoyat qilish imkoniyati bor. Biroq keyingi bosiqichda qo‘mitaning yutib chiqishiga-chi?
Bunday og‘riqli savol javobi muallaq ekanini sezib turibsiz. «Apellyatsiya sudida adolat qaror topdimi yoki xalqning qonini ichayotgan monopoliyami?» – shu savol javobi xususida gap shu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Adolat qaror topdimi yoki monopoliya?» – «UzAuto Motors» foydasiga chiqqan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi