07:35 / 24.12.2020
2 887

UzAuto Motors yangi standartlar joriy etilishi tufayli Asakadagi zavodni vaqtincha to‘xtatadi

UzAuto Motors yangi standartlar joriy etilishi tufayli Asakadagi zavodni vaqtincha to‘xtatadi
Foto: «Autostrada.uz»
GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan ishlar olib borilishi natijada UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, sifat standartlariga bo‘lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta’sir qiladi, shu sababli ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda mamlakatning barcha hududlaridagi Chevrolet dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, bundan avval dilerlik tarmog‘ini Chevrolet brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan.

Bu o‘zgarishlar dilerlik markazlarini yangi Chevrolet brendbukiga muvofiq qayta jihozlashni o‘z ichiga olib, amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish uchun zarur sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, dilerlik tarmog‘i tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati xam oshiriladi, yuqori darajadagi kafolatlangan xizmat joriy etiladi. Ushbu xizmatlarning sifat darajasi kadrlarni tayyorlash, sodiqlik dasturlarini joriy qilish, mijozlarning fikrlarini o‘rganish va boshqa ko‘plab amalga oshirilayotgan ishlar evaziga oshirib boriladi.

SAP (System Analysis and Program Development) dasturiy ta’minotini joriy etilishi esa savdo, xizmat ko‘rsatish hamda marketing jarayonlarini yana-da samarali tashkil etishga imkon beradi.

«Ushbu o‘zgarishlarning barchasi 2020 yilga rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘zgarishlardan asosiy maqsad Chevrolet xaridorlari avtomobilni vakolatli dilerlardan sotib olishlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonidan qoniqish hosil qilishlari hamda, o‘zlarini biz uchun eng muhim va qadrli ekanliklarini his qilishlariga qaratilgan», – deyiladi kompaniya xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors yangi standartlar joriy etilishi tufayli Asakadagi zavodni vaqtincha to‘xtatadi