23:24 / 24.12.2020
2 745

Apple 2021 yilda o‘zining birinchi avtomobilini taqdim etadi

Apple 2021 yilda o‘zining birinchi avtomobilini taqdim etadi
Foto: Economic Daily News
Tayvanning Economic Daily News sayti Apple 2021 yilning sentabriga borib o‘zining birinchi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Jurnalistlar bu haqda kimligi sir qolishini so‘ragan yetkazib beruvchilarga tayanib xabar bergan.

Hisobotda aytilishicha, Apple 2021 yilning ikkinchi choragida ehtiyot qismlarning yetkazib berilishi hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, kompaniya Kaliforniya yo‘llarida o‘nlab prototiplar «maxfiy rejimda» sinovdan o‘tkazayotgani haqida so‘z boradi.

Apple Car — bu avtomobil loyihasining shartli nomi bo‘lib, kompaniya uning ustida uzoq yillardan beri ish olib bormoqda. Buni isbotlovchi qator faktlar mavjud: kompaniya bunga qadar avtomobil ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab top-menejerlarni ishga yollagan, shuningdek, yo‘llarda Project Titan kodli nomi ostida avtopilotni sinovdan o‘tkazayotgan mashinalar payqalgan.

Kompaniya avtopilotni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnomani 2017 yilda qo‘lga kiritgan. Kompaniya o‘z avtomobilini yaratishga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlar kamida 5 yil oldin tarqalishni boshlagan. Xususan, 2015 yili Apple 2019 yilgacha o‘z elektromobilini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Apple 2021 yilda o‘zining birinchi avtomobilini taqdim etadi