Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan navbatdagi innovatsion loyiha — «Yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish» bo‘yicha «Road24» axborot tizimi joriy etilib, uning test talqini ishga tushirilish arafasida turibdi.
Mazkur mobil axborot tizimi yo‘l harakati qatnashchilari va YPX xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot kiritish, olish va tarqatish imkoniyatlari mavjud.
Jumladan:
- Aholini yo‘l-transport hodisasi o‘choqlari haqida tezkor xabardor qilish;
- Yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida xabardor qilish;
- Chorrahalarda tirbandliklarni oldini olish, muammoli vaziyatlarni kamaytirish;
- Foydalanuvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish (aynan ushbu road24 dasturi orqali olingan videoyozuvlarni ilova qilib yuborish);
- Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida ma’lumotlarni olish;
- Jarimalarni to‘lash imkoniyati;
- Avtomobil yo‘llarini ma’lum muddatga yopilishi (ta’mirlash ishlari) haqida axborotlarni oldindan olish imkoni;
- Har bir foydalanuvchining shaxsiy kabineti;
- Statistik axborotlarni jamlashni yagona tizimini yaratish;
- Transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma olish imkoniyati.
«road24» dasturiga kirish https://road24.uz maxsus link orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, haydovchi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yo‘lda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar ushbu dasturga belgilanib, boshqa haydovchilar ogohlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi