Yangi avtomototransport vositasi olinganda uni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 martgacha Ichki ishlar va Moliya vazirliklari «Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish va xalqaro andozalar asosida takomillashtirish» bo‘yicha loyiha ishlab chiqishi kerak.
Unda mashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda propiska so‘ralmaydi va texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari uzaytiriladi.
Shuningdek, 2021 yil 1 iyungacha ishlab chiqiladigan hujjat loyihasida mashinalar va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron baza yaratiladi. Mashinani boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma «yagona darcha» tamoyili asosida rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, haydovchilik imtihonlarini videokuzatuv qurilmalari yordamida internet orqali kuzatish imkoni ham yaratilishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Texpasport»lar bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritildi

Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi

Yangi avtomobillarni 7 yilgacha texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik tartibini joriy qilish taklif etildi

Shaxsiy avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi

Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgardi

YPX xodimi o‘z vazifasini bilmaydi(mi?)