18:00 / 04.02.2021
3 159

Jastin Biberning «suzuvchi» Rolls-Royce’si (foto, video)

Jastin Biberning «suzuvchi» Rolls-Royce’si (foto, video)
Foto: YouTube / @Effspot
Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber ko‘plab yulduzlar kabi ekstravagant avtomobillarga bo‘lgan qizishi bilan tanilgan. Uning so‘nggi xaridi Rolls-Royce Wraith bo‘lib, Amerikaning West Coast Customs atelesi ustalari uni deyarli tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yuborgan. Natijada tyuningdan so‘ng, luks kupe narxi 25 million dollarga chiqib ketgan, deb xabar beradi Motor.

Biber haydagan noodatiy mashinalar qatoridan bunga qadar keng Ferrari 458 Italia, pushti Lamborghini Urus va to‘liq xromlangan kuzovli Fisker Karma o‘rin olgan. 26 yoshli qo‘shiqchi uchun yaratilgan Wraith xuddi konsept-kar ko‘rinishida — xususan, 2016 yilgi 103EX’ga o‘xshaydi.

Foto: YouTube / @Effspot

Rolls-Royce Wraith g‘ildiraklari shou-karniki kabi kuvoz panellari bilan qoplangan, diskalar esa ustki detal bilan qoplangan. Boshqarish makonini hosil qilish uchun tyunerlar kuzovni kengaytirgan — natijada kupe yer ustida «suzayotgandek» ko‘rinish olgan. Bundan tashqari, West Coast Customs havo aylanuvchi panjaralar va bamerni o‘zgartirib, modelning old qismini «tanib bo‘lmas» holatga keltirgan, shuningdek, qo‘shimcha burmalar «o‘stirilgan» va Maserati uslubidagi uchburchak fonarlar o‘rnatilgan.

Foto: YouTube / @Effspot
YouTube’dagi @Effspot kanali muallifi tasodifan Los-Anjeles yo‘llarida ushbu mashinani haydab ketayotgan Biberni uchratib qolgan. Shu bilan birga, blogerning o‘zi «bosodzoku» uslubida tyuning qilingan Nissan’da harakatlanayotgan bo‘lgan. Blogerning ta’kidlashicha, ikkala haydovchi ham bir-birining noodatiy mashinalardan hayratga tushgan.

Foto: YouTube / @Effspot

Foto: YouTube / @Effspot

Foto: YouTube / @Effspot

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jastin Biberning «suzuvchi» Rolls-Royce’si (foto, video)