date

Rossiyada ilk bor turbomotorli Lada Iskra taqdim etildi

Rossiyada ilk bor turbomotorli Lada Iskra taqdim etildi

Rossiyaning RCI Service tyuning kompaniyasi Lada Iskra modelining birinchi turbosini yaratganini eʼlon qildi. Standart holatda avtomobil 106 ot kuchiga ega 1,6 litrli atmosfera dvigateli va 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan boʻlib, 100 km/soat tezlikka 12,6 soniyada erishadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan maxsus turbokomplekt yordamida dvigatel quvvati 160 ot kuchigacha, aylanish momenti esa 240 Nm gacha oshirildi. Garrett-1752 turbinasi oʻrnatilgandan soʻng, avtomobilning 100 km/soat tezlikka chiqish vaqti 7,5–8 soniyagacha qisqardi, maksimal tezlik esa 210 km/soatni tashkil etadi.

Loyihada zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan chiqarish kollektori, kuchaytirilgan sovutish tizimi va modernizatsiya qilingan tormoz tizimi qoʻllanilgan. Tyuning jarayoni atigi toʻrt kun davom etgan boʻlib, u dvigatelning dinamikasi va elastikligini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berdi.

Eslatib oʻtamiz, Lada Iskra modeli bozorda muvaffaqiyat qozonmoqda: aprel oyida 3212 dona avtomobil sotilgan. Model zamonaviy Lada EnjoY Evo multimedia tizimi, Yandex servislari, LED optikasi va elektron barqarorlashtirish tizimi (ESP) kabi qulayliklar bilan jihozlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rossiyada ilk bor turbomotorli Lada Iskra taqdim etildi