
Foto: «UzAuto Motors»
«UzAuto Motors» dilerlari yangi dasturiy ta’minotga o‘tayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, GM Uzbekistan avtosalonlari shartnomalar va avtoulovlarni yetkazib berishni boshqarishning yangi tizimiga o‘tmoqda.
Shu bois, o‘tgan haftadan boshlab «UzAuto Motors» avtosalonlari Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatgan. Ba’zi avtosalonlarda Trecker 2 va Tahoe sotib olish uchun shartnoma tuzishning ham imkoni bo‘lmayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar