Foto: Lexus
J.D. Power konsalting agentligi minilgan mashinalar egalari o‘rtasida har yilgi so‘rovnomasini o‘tkazib, dunyodagi eng ishonchli uch yillik avtomobillar reytingini taqdim etdi. Yetakchilar qatoridan Lexus, Porsche va Kia markalari o‘rin olgan bo‘lsa, Land Rover, Alfa Romeo va Jaguar oxirgi pog‘onalarni band etdi. Reyting AQSHdagi 33 ming respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan, deb xabar beradi Motor.
J.D. Power’ning usuli oddiy: agentlik mutaxassislari har bir brendning 100 nafar egasi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi va uch yil davomida foydalanish vaqtida aniqlangan muammolarni hisoblab chiqadi. Bunda barcha nosozliklar hisobga olinadi: yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy muammolardan tortib, multimediya tizimidagi uzilishlargacha.
J.D. Power’ning 2020 yilgi reytingining yuqori pog‘onasidan Lexus markasi o‘rin oldi: yapon premium-brendining 100 avtomobili bo‘yicha 81 ta shikoyat kelib tushgan. Ikkinchi o‘rinda Porsche (86 ta) bo‘lsa, uchinchi pog‘ona Kia’ga nasib etdi (97). Kuchli yettilikdan Toyota (98), Buick (100), Cadillac (100) va Hyundai (101) markalari o‘rin olgan. O‘tgan yili yetakchiga aylangan Genesis esa 102 ta shikoyat bilan sakkizinchi pog‘onaga tushib ketdi.
Foto: J.D. Power
Lexus markasi J.D. Power reytingida so‘nggi 10 yildan buyon to‘qqizinchi marotaba yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, an’anaviy ravishda ro‘yxat oxiridan Jaguar, Land Rover va Chrysler markalari o‘rin olgan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, AQSHdagi uch yillik avtomobillarning ishonchliligi yildan yilga ortmoqda: masalan, sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkich 100 ta avtomobilga 121 nuqsonni tashkil etmoqda va bu 32 yil ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Shu bilan birga, ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilarning o‘rni bir yil ichida sezilarli darajada yomonlashgan: masalan, Volkswagen 2019 yilda egallagan 6-pog‘onasidan ro‘yxatning oxiriga tushib ketdi. Eng ishonchli model deya J.D. Power ekspertlari Porsche 911’ni tan olgan. Amerika agentligining reytingida birinchi bor Tesla ham paydo bo‘lgan, biroq ishlab chiqaruvchining hisob-kitoblaridagi o‘ziga xoslik sabab elektrokar hisobdan tashqarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi