Toyota Corolla
Yapon mashinalari jahon avtomobil bozorini zabt etdi. Bu haqda Focus2Move avtoportali yozmoqda. 2020 yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida birinchi o‘rinni Toyota Corolla sedani egalladi. Ro‘yxatdagi qolgan dastlabki to‘rt o‘rin ham yapon avtomobillariga tegishli.
Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili 1 097 556 dona Toyota Corolla sotilgan. Ikkinchi o‘ringa Toyota RAV4 krossoveri joylashdi. 2020 yilda 995762 dona ushbu rusumdagi avtomobil sotilgan.
Honda CR-V uchinchi o‘rindan joy oldi. O‘tgan yili 736980 dona Honda CR-V sotilgan. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Honda Civic va Toyota Camry avtomobillari joylashdi. Ushbu rusumdagi avtomobillar mos ravishda 687704 va 609303 donadan sotilgan.
O‘tgan yili eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligiga shuningdek, Volkswagen kompaniyasining ikkita rusumdagi avtomobili kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi