
Foto: «Daryo» / Musulmonbek Ibrohimov
UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya bo‘limi boshlig‘i Maqsud Abduhakimov «Daryo»ga ma’lum qildi.
Loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Lacetti Redline diskalari qoraytirilgan holda chiqariladi. Oynalarning tusi ham o‘zgartirilgan («tonirovka») bo‘ladi.

Foto: «Daryo» / Musulmonbek Ibrohimov
Mashina intererida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Chexol zavoddan qo‘yiladi. Interer ranglari ham qora va qizil (Redline) aralashmasida bo‘ladi.

Foto: «Daryo» / Musulmonbek Ibrohimov
Shuningdek, avtomobil zavod tomonidan kamera bilan jihozlangan. Orqaga harakatlanish vaqtida orqa kamera yoqiladi. Bar ham oldinroqqa chiqarilgan. Faralar ham yangicha uslubda ishlangan.

Foto: «Daryo» / Musulmonbek Ibrohimov
UzAuto Motors direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning aytishicha, ushbu xizmatlar uchun qo‘shimcha haq olinadi. Hozircha ushbu xizmatlarning qiymati aniq emas. Modellarni ishlab chiqarish 6 oydan so‘ng (avgustda) yo‘lga qo‘yiladi.
— Shukhrat (@bankir2102) March 2, 2021“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar