12:30 / 06.03.2021
12 124

«Uzauto Motors» avtomashinalar narxini «oshirib oldi»?!

«Uzauto Motors» avtomashinalar narxini «oshirib oldi»?!
Foto: «Xabar.uz»
Avvalroq «Uzauto Motors» AJ sotuvi 12 fevralda to‘xtatilgan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga kontraktatsiyani joriy yil 3 martdan yana yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingandi.

Ushbu holatga izoh berarakan, kompaniya vakili: «biroq, jahon avtomobil ishlab chiqarishning yarim o‘tkazgichli butlovchi qismlarga talabining to‘laqonli qondirilishidagi vaqtinchalik cheklovlar to‘g‘risidagi mavjud axborot inobatidan, ishlab chiqariladigan avtomobillarni yetkazib berish muddatlari 1-2 oyga cho‘zilishi kutilmoqda» deya ogohlantirgandi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning qayd etishicha, «Spark», «Neksiya», «Kobalt» va «Lasetti» avtomobillari uchun kontraktatsiya qaytadan ochilgandan keyin shartnomalar bo‘yicha yetkazib berish muddatlari keskin o‘zgargan.

«Xususan, ayni damda «Kobalt» va «Lasetti» uchun shartnoma tuzganlarga shartnoma bo‘yicha yetkazib berish muddati 2021 yil sentabr, «Neksiya» — 2021 yil avgust va «Spark» bo‘yicha esa —2021 yil iyun, deb ko‘rsatilmoqda. Bu hali hammasi emas.

Shartnomalarda yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli muddatlar 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilishi mumkinligi haqidagi band qo‘shilgan. Shunga shunchami dersiz?!

Xabaringiz bor, bizda kontraktatsiya faqat 85%lik to‘lov amalga oshirilgandagina kuchga kiradi. Bu degani siz 85%lik to‘lov bilan mablag‘ingizni, 3, 5 va 6 oygacha, alohida hollarda 9 oygacha muzlatib qo‘ydingiz degani.

Bugungi stavkalarda siz, masalan, 85 foiz to‘lovni amalga oshirsangiz, 6 oy davomida kamida 9 foiz yo‘qotdingiz degani. 116,5 mln.so‘mlik «Kobalt» sotib olish uchun 85% to‘lov sifatida 99 mln. so‘m pul to‘lash kerak. 99 mln. so‘mlik mablag‘ingiz eng past 18%lik depozitda turgan taqdirda ham 6 oyda qariyb 9 mln. so‘m daromad keltirgan bo‘lardi. Boshqacha aytganda, 116,5 mln. so‘mlik «Kobalt» sizga amalda 125,5 mln. so‘mga tushadi.

Boshqacha aytganda, monopolist avtomashinalar yetkazib berish muddatini uzaytirish orqali «hiylai shar’iy» usulida fe’lan avtomashinalar narxini oshirib oldi.

Yuz bergan o‘zgarishlarga ikkilamchi avtomashinalar bozori birdan o‘z reaksiyasini ko‘rsatgan. Avtomashinalar 5-10 foizgacha qimmatlagan.
Yangi va eski reallikka xush kelibsiz, peshonasiga monopolistdan o‘zgasi bitmagan o‘zbekistonliklar!
» — deb yozadi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 6 mart holatiga faqat eng qimmat, avtomat korobka bilan jihozlangan avtomashinalar pozitsiyalari uchun kontraktatsiya mavjud. Mexanik korobka va arzon, ya’ni xaridorgir pozitsiyalar uchun kontraktatsiyalar yopiqligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Uzauto Motors» avtomashinalar narxini «oshirib oldi»?!