18:46 / 03.04.2021
1 993

Tesla Cybertruck pikapiga eshik tutqichlar umuman o‘rnatilmasligi ma’lum bo‘ldi

Tesla Cybertruck pikapiga eshik tutqichlar umuman o‘rnatilmasligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Tesla
Tesla rahbari Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Cybertruck modeliga oid savollarga javob berish asnosida kutilmagan elektropikapning seriyali versiyasi umuman eshik tutqichlariga ega bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Motor.

Amerikaning Tesla kompaniyasi 2019 yilning kuzida taqdim etilgan Cybertruck elektropikapining seriyali versiyasini ommaga namoyish etishga tayyorlanmoqda. Elektrokarning tashqi ko‘rinishi bir qator o‘zgarishlarga uchraydi, biroq aynan nima o‘zgarishi hozircha jumboq.

Ilon Mask Twitter’dagi sahifasi orqali vaqti-vaqti bilan elektropikap ustida amalga oshirilayotgan ishlarga oid savollarga javob berib turadi — yaqinda u Cybertruck biroz boshqacha yon oyna liniyasi va yana u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan biroz o‘zgarishlarga uchrashini ma’lum qilgandi.

Tesla rahbarining so‘zlariga ko‘ra, elektropikapning eshik tutqichlari umuman bo‘lmaydi. Bu kabi holatda eshik qanday ochilishiga Mask oydinlik kiritmagan.

Taxminlarga ko‘ra, buning uchun yangilangan Model S va Model X elektrokarlariga o‘rnatilgan atrofni kuzatish kameralari ishga tushirilishi mumkin. Restayling davomida ular harakat rejimlarini o‘zgartirishdan mahrum etilgan — Ilon Maskning ma’lum qilishicha, modellar bort kompyuteri videokameralar yordamida tahlil qilgan, shuningdek, navigatsiya tizimida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida orqa panelni vaziyatdan kelib chiqib mustaqil yoqadi.

Favqulodda holatlarda haydovchi D yoki R rejimini tachskrin orqali ishga tushirishi mumkin. Cybertruck kameralari insonni tanish orqali eshiklarni avtomatik ochish-ochmasligi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla Cybertruck pikapiga eshik tutqichlar umuman o‘rnatilmasligi ma’lum bo‘ldi