date

Elon Musk talab pasayishi fonida Tesla Cybertruck pikatlarini oʻziga sotmoqda

Elon Musk talab pasayishi fonida Tesla Cybertruck pikatlarini oʻziga sotmoqda

SpaceX kompaniyasining moliyaviy hujjatlari Elon Muskka tegishli korxonalar bir-birini faol qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrsatdi. 2023-yildan buyon Tesla kompaniyasi SpaceX va xAI hisobidan qariyb 890 million dollar daromad koʻrgan. Ushbu mablagʻlarning salmoqli qismi aynan Cybertruck elektromobillarini xarid qilishga yoʻnaltirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Faqatgina 2025-yilning oʻzida SpaceX 131 million dollarlik elektropikaplar sotib oldi. Bu komplektatsiyasiga qarab taxminan 1300 tadan 1800 tagacha avtomobil deganidir. Roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning toʻrtinchi choragida SpaceX 1200 dan ortiq Cybertruck xarid qilgan, bu esa modelning ushbu davrdagi umumiy savdosining 18 foizidan koʻprogʻini tashkil etadi.

Bundan tashqari, Muskning boshqa loyihalari — xAI, Neuralink va The Boring Company ham xaridlarda ishtirok etgan. Bunday ichki faollik bozorda Cybertruck modeliga boʻlgan talabning pasayishi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelmoqda. Agar 2024-yilda Tesla 39 mingga yaqin mashina sotgan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 20 mingga tushib ketgan, 2026-yil boshida esa yanada pasaygan.

Avtomobillardan tashqari, SpaceX va xAI kompaniyalari Tesla energetika yechimlarini ham faol sotib olmoqda: 2024-yilda Megapack tizimlari uchun 191 million dollar, 2025-yilda esa 506 million dollar sarflangan. Rasman bitimlar bozor shartlari asosida amalga oshirilmoqda, biroq tahlilchilar Muskning ichki ekotizimi oddiy xaridorlar qiziqishi pasaygan bir paytda Tesla koʻrsatkichlarini sunʼiy ravishda ushlab turganiga eʼtibor qaratishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Elon Musk talab pasayishi fonida Tesla Cybertruck pikatlarini oʻziga sotmoqda