«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–688-son, 29.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Havo kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo‘nalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori qat’iy belgilandi.
Bunda fuqarolar uchun BHMning 20 baravari (ilgari 20 baravaridan 30 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa – 30 baravari (ilgari 30 baravaridan 50 baravarigacha) miqdorida jarima nazarda tutilgan.
Shuningdek, transportda to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan