Kadr: YouTube
YouTube’dagi NHET TV kanalining blogerlari to‘liq loydan yasalgan Bugatti Chiron’ning noodatiy nusxasini namoyish etdi. Giperkarning juda yumshoq nusxasini yaratishga ikki hafta vaqt sarflangan bo‘lib, blogerlar har kuni 19 soatdan ishlagan, deb xabar beradi Motor.
Kanal muallifi — vetnamlik oddiy fermer bo‘lib, superkarlarga juda qiziqadi, biroq orzusidagi mashinani xarid qilishga imkoni yo‘q. Shu sababli u do‘stlari bilan turli hamyonbop materiallardan mashinalar nusxasini yasab keladi.
Masalan, ushbu Chiron karkasi bir-biri bilan payvandlangan profillar va aluminiy listlarni skotchlash orqali hosil qilingan. Blogerlar uning atrofida esa loydan kuzov «yasagan». Qo‘lbola mehnat mahsuliga original mashina bilan maksimal darajada o‘xshashlik taqdim etish maqsadida ular lazer o‘lchagichlardan foydalangan, barcha panellar va teshiklar tayyor bo‘lgach, ularning yuzasi yaxshilab silliqlangan.
E’tiborli jihati, Chiron’ning loydan nusxasini yaratishda ikki eshikli modelning o‘yinchoq nusxasidan ilhomlanilgan.
Kadr: YouTube “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi