
O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-sonli qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari E-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangandi. Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi.
Ob’ekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
Hozirda:
- Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
- Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
- Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar